Oliy malaka komissiyasi: vakolatlari va faoliyat tartibi to‘g‘risida nizom

Beste atzerriko hizkuntzak3,1 KB

Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risida nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) vakolatlarini va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Oliy malaka komissiyasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni (bundan keyingi o‘rinlarda shikoyatlar deb yuritiladi) ko‘rib chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi o‘rinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) ish amaliyotini umumlashtiradi va tahlil qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

2. Tarkibi

Oliy malaka komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi (bundan keyingi o‘rinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan keyingi o‘rinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi) qo‘shma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda tuziladi.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Huquqiy asos

Oliy malaka komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart), Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

4. Mustaqillik

Oliy malaka komissiyasi masalalarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi, boshqa tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar hamda fuqarolardan mustaqildir.

5. Moddiy-texnika ta’minoti

Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika va moliyaviy ta’minoti Advokatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

Deskargatu

PDF Word HTML